29 avg 07:45
Yangiliklar
Tennis

Istominning “US Open”dagi uchrashuvi 5 set, 5 soat davom etdi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin yilning so'nggi “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turniridagi ishtirokini
Hamyurtimiz US Open musobaqasining yakkalik bahslari ilk davrasida ispaniyalik Albert Ramos-Vinolasga qarshi kortga chiqdi. Ramos-Vinolas bugungi kunda dunyo reytingida 24, Istomin esa 86-o'rinni egallab turibdi.
Uchrashuv dramatik ko'rinishga ega bo'ldi va bir daqiqasi kam 5 soat davom etdi. Yakunda besh setlik uchrashuvda tajribali ispaniyalik tennischi 4:6, 7:6(4), 7:5, 6:7(3), 7:5 hisobida zafar quchib, ikkinchi bosqichga yo'l oldi.
Malumot uchun, ikki tennischi shu kungacha o'zaro bir marotaba to'qnash kelishgandi. 2015 yilda bo'lib o'tgan “Uimbldon” turnirida Denis o'yin vaqtida jarohat olgan va bahsni oxiriga etkaza olmagandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar