16 fev 08:26
Yangiliklar
Futbol

Italiya A seriyasi. “Atalanta” irodali g'alabaga erishdi
Italiya A seriyasining 24-turida “Atalanta” o'z maydonida “Roma” ustidan irodali g'alabani tantana qildi.
Bergamodagi “Atleti Adzurri” stadionida kechgan bellashuvda rimliklar hujumchisi Edin Jeko (45) hisobni ochgan bo'lishiga qaramay, keyinchalik mezbonlar Xose Palomino (50) va Mario Pashalichning (59) gollari evaziga g'alabani o'zlari tomonga og'dirib olishdi.
“Atalanta” ochkolari sonini 45 taga etkazib, A seriya turnir jadvalida 4-pog'onada borayotgan bo'lsa, “Roma” (39) ulardan bir pog'ona pastroqdan joy olgan.
Havola :
Fikrlar