28 okt 11:47
Yangiliklar
Italiyadagi savdo markazida "Arsenal" futbolchisi pichoqlandi
Ayni damda "Monca"da ijarada o'ynayotgan "Arsenal" himoyachisi Pablo Mariga pichoq bilan hujum qilindi. Voqea Milan yaqinidagi savdo markazida yuz berdi.
Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, hujum oqibatida olti kishi jarohatlangan. Pablo Mari darhol kasalxonaga olib ketilgan. Vertolyot parvozi vaqtida futbolchi hushida bo'lgan.
Policiya aybdorni allaqachon qo'lga oldi, u ruhiy kasalliklardan aziyat chekayotgan 46 yoshli italiyalik erkak bo'lib chiqdi.
"Men hozirgina Pablo Mari bilan bog'liq vaziyat haqida xabar topdim. Edu uning qarindoshlari bilan aloqada bo'lib turadi. Tafsilotlarni bilmayman, lekin uning hayoti xavf ostida emas", – dedi "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta.
29 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsum "Monca" safida A Seriyada 8 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Fikrlar