04 apr 10:19
Yangiliklar
Tennis
ITF Olimpiada uchrashuvlari formatini o'zgartirdi
Xalqaro tennis federaciyasi Olimpiada o'yinlari formati o'zgarganini malum qildi.
Ushbu o'zgarish Tokio-2020 Olimpiadasidan boshlab kuchga kiradi. Unga ko'ra, erkaklar va ayollar o'rtasidagi turnirning final uchrashuvlari hozirgidek besh setli emas, uch setli formatda o'tkaziladi.
Yani, final uchrashuvi bir tennischining ikki setni o'z foydasiga hal qilguniga qadar davom etadi. SHu kungacha tomonlar uchta setdagi g'alabagacha kortda harakat qilishardi.
Juftliklar finalida esa so'nggi hal qiluvchi uchinchi setning o'rniga 10 ochkogacha chempionlik tay-breyk o'ynaladi. Bu o'zgarishlar tennischilarni ortiqcha yuklamalardan xalos etadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar