02 mar 13:41
Yangiliklar
Tennis

Iznerni mag'lub etgan Kirgios finalda o'ynaydi
Dunyoning 72-raketkasi Nik Kirgios Meksikaning Akapulko shahrida o'tkazilayotgan turnirning finaliga yo'l oldi.
Avstraliyalik tennischi yarim finalda dunyoning to'qqizinchi raketkasi amerikalik Jon Iznerdan ustun keldi. Ikki soatu 21 daqiqa davom etgan bahsda Nik 7/5, 5/7, 7/6(7) hisobida zafar quchdi.
Kirgios 25, Jon esa 24ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi Nik Abierto Mexicano Telcel turnirining finalida germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar