15 fev 17:11
Yangiliklar
Eshkak eshish
Jahon chempionati sovrindorlarimiz endi xarbiylar safida FOTO
Baydarkachilarimiz - Dilnoza Rahmatova va Nilufar Zokirova endi sportchilik faoliyati bilan parallel ravishda xarbiylar safida ham xizmat qilishadi.
Har ikki sportchimiz O'zbekiston Mudofaa vazirligida ish boshlashdi. Dilnoza va Nilufar baydarkaning ikki kishilik qayiqda eshkak eshish yo'nalishi bo'yicha 23 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida jahon chempionatining kumush medali sohibalari hisoblanishadi.
SHuningdek, ular o'tgan yili Indoneziyada o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida ham sovrindorlar safidan joy egallashgan edi. Dilnoza va Nilufarga Vatan oldidagi sharafli xizmatlarida muvaffaqiyat tilaymiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar