25 may 09:46
Yangiliklar
Layloxon Sobirova Osiyo chempioni! Yana ikki kurashchi qizlarimiz ham shohsupada! (+FOTO)
Ayollar kurashi bahslarining birinchi kuni terma jamoamiz azolari 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. 59 kg vazn toifasidagi vakilamiz Layloxon Sobirova qitaning tengsiz ayol kurashchisi ekanini isbotladi. U birinchi davrada vetnamlik Ti Ngo, ikkinchi bosqichda qirg'izistonlik Akilay CHinbaeva, 1/2 finalda qozog'istonlik Viktoriya Xusainova, hal qiluvchi final bellashuvida esa hindistonlik Nexani mag'lubiyatga uchratdi.
Finalga qadar mag'lubiyatsiz etib kelgan Firuza Esenbaeva (68 kg) kumush medal bilan taqdirlandi, Nilufar Nurmuhammedova (50 kg) esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
SHohsupaga ko'tarilgan kurashchi qizlarimiz:
Oltin medal
59 kg: Layloxon Sobirova
Kumush medal
68 kg: Firuza Esenbaeva
Bronza medal
50 kg: Nilufar Nurmuhammedova








Fikrlar