29 avg 21:11
Yangiliklar
Eshkak eshish
SHohsanam SHerzodova va Nilufar Zokirova jahon chempionati kumush medali sovrindori
Polshaning Poznan shahrida o'tayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionatining bugungi bahslari ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Ayollar o'rtasida 200 metr masofaga kechgan juftlik kanoe dasturida SHohsanam SHerzodova hamda Nilufar Zokirova kumush medalga sazovor bo'lishdi. Bu terma jamoamizning mazkur dunyo birinchligida qo'lga kiritgan ikkinchi medali bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, kecha shu masofada kechgan erkaklar o'rtasidagi yakkalik kanoe bahslarida Artur Guliev ham marraga ikkinchi bo'lib etib kelgan edi.

Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar