13 noy 19:43
Yangiliklar
Jahon chempionatining ikkinchi kunida to'rtta medal qo'lga kiritdik, shularning ikkitasi oltin
Kun yakuniga ko'ra, o'zbekistonlik sambochilar to'rtta medal qo'lga kiritishdi.
Erkaklar o'rtasida -88 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Ixtiyor Eshmurodov (-88 kg), shuningdek jangovar sambochimiz Bahodir Bakiev (-58 kg) barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan holda oltin medalga ega chiqishdi.
-79 kg vazn toifasida Ulug'bek Rahmonov, shuningdek jangovar sambo yo'nalishida Oybek Soliev (-64 kg) finalgacha etib borib, terma jamoamiz hisobiga kumush medalni qo'shib qo'yishdi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi medallari soni 7 taga etdi. Sportchilarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritishgan.
Ertaga jahon chempionatining so'nggi kuni doirasida yana 7 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi.
O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar