So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

27 dek 07:43
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon chempionatining ilk kuni 5 ta tur o'tkazildi, ikki grossmeysterimiz Top-15`talikda, Magnus Karlsen 83-pog'onada!

Tunda AQSHning Nyu-York shahrida shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha Jahon chempionati start oldi.

Dunyo birinchiligining birinchi kuni rapid bo'yicha 5 ta tur partiyalari o'ynaldi. Jahonning ko'zga ko'ringan shaxmatchilari qatori O'zbekiston terma jamoasining etakchi grossmeysterlari ham sovrinli o'rinlar uchun bahslarga kirishishdi. Blic va rapid bo'yicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ilk kungi uchrashuvlardayoq jiddiy qarshiliklarga duch keldi. Norvegiyalik shaxmat yulduzi 5 imkoniyatdan 2,5 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 83-o'rinni egallab turibdi. U 1 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 3 ta durang natija qayd etgan. 

Hamyurtlarimiz orasidan Nodirbek Abdusattorov (2740) hozircha eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lib turibdi. Jahon chempionatida 9-raqam ostida tasniflangan Nodirbek 4 ta partiyada g'alaba qozondi va faqat 3-turda qora donalarda o'ynab, amerikalik Aleksandr Lenderman (2621)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ioan-Kristian Kirila (Ruminiya, 2500), Andrey Volokitin (Ukraina, 2569), Aleksandr Raxmanov (FIDE, 2561) va Xayk Martirosyan (Armaniston, 2609) taslim etildi. Abdusattorov 5 imkoniyatdan 4 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 9-o'rinni band etgan. Beshinchi o'rindagi hindistonton Raunak Sadhvanida ham 4 ochko bor. 

Yana bir grossmeysterimiz Javohir Sindarov ham 5 imkoniyatdan 4 ochko to'pladi. Faqat u qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3 g'alaba va 2 durang bilan 14-pog'onadan joy olgan. Hali yutqazmadi va bu ham yaxshi natija. Sindarov Merab Gagunashvili (Gruziya, 2460), Luka Moroni (Italiya, 2525) va Tanitoluva Adevumi (AQSH, 2262)ni mag'lub etdi. Benjamin Bok (Niderlandiya, 2596) va Samuel Sevian (AQSH, 2614) bilan durang o'ynadi.      

Qolgan shaxmatchilarimizning ishtirokiga to'xtaladigan bo'lsak, SHamsiddin Vohidov 3 ochko bilan qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 70, Jahongir Vohidov 2,5 ochko bilan 79, Muhiddin Madaminov 2 ochko bilan 139-pog'onada bormoqda. 

Beshinchi turdan so'ng to'rt nafar ishtirokchi - Volodar Murzin (FIDE, 2588), SHant Sargsyan (Armaniston, 2601), Lener Dominges (AQSH, 2699) va Daniel Narodickiy (AQSH, 2638) 4,5 ochkodan to'plab, qo'shhokimlik qilishyapti. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing