04 okt 14:52
Yangiliklar
Sambo

Jahon chempionatining ilk kunida yosh sambochilarimiz 6 ta medal qo'lga kiritishdi
Indoneziyaning Bogor shahrida sambo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati start oldi.
Kecha musobaqaning ilk kungi bahslari bo'lib o'tdi. Birinchi kun yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi vakillari 3 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Kumush:
-79 kg: Zafarjon Toshtemirov (yoshlar)
-80 kg: Mohinur Aralova (yoshlar)
-98 kg: Saidahmad Ravshanov (o'smirlar)
Bronza:
-58 kg: Asadbek Matyoqubov (yoshlar)
-59 kg: Ramajon Saparova (yoshlar)
-50 kg: Vazira Nurullaeva (o'smir qizlar).
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar