04 sen 18:58
Yangiliklar
Jahon sportida yana bir shov-shuvli diskvalifikaciya ro'y berdi
Janubiy Koreyalik taekvondo ustasi Seo Gon-vu musobaqalardan 1 yil 6 oy muddatga chetlatildi.
Gap doping-testning ijobiy natijasi haqida ketayotgani yo'q. Qoidabuzarlik sportchining doping nazorati uchun kutilmagan tekshiruvlar o'tkazilishida o'zining qaerdaligi haqida malumot berib borish majburiyati — "whereabouts" talablariga rioya qilmagani bilan bog'liq.
Bu muntazam ravishda eng yirik musobaqalarda medallar uchun kurashib kelgan va jahon reytingi etakchilari qatorida bo'lgan 80 kggacha bo'lgan vazn toifasidagi eng kuchli sportchilardan biri uchun jiddiy zarba bo'ldi. Seo Gon-vu Parij-2024 Olimpiya o'yinlarini to'rtinchi o'rinda yakunlagandi.
Avvalroq, hamyurtimiz Ulug'bek Rashitov ham xuddi shu sabab bilan 2027 yil may oyigacha chetlatilgandi.
Fikrlar