22 mar 11:04
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC jangchisi faoliyatida ikkinchi bor diskvalifikaciya qilindi. U 2027 yilgacha jang qila olmaydi
Og'ir vazn toifasida amerikalik UFC jangchisi Uolt Xarris yana bir bor diskvalifikaciyaga uchradi.
Uning 2023 yil iyul oyida topshirgan doping-tahlilida taqiqlangan modda topilgan. Buning natijasida 40 yoshli Xarris to'rt yilga diskvalifikaciya qilindi. U 2027 yil iyul oyiga qadar janglarga qayta olmaydi.
Qizig'i, bu holat Xarrisda 2018 yilda ham sodir bo'lgan edi. U faoliyati davomida 24 ta jang o'tkazib, 13 g'alaba va 10 mag'lubiyat qayd etgan. SHuningdek, bitta jangi o'tkazilmagan deb topilgan.
Eslatib o'tamiz, Xarris so'nggi jangini 2021 yil iyun oyida Marchin Tiburaga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Manba : VestnikMMA
Fikrlar