05 apr 09:31
Yangiliklar
Jahon toji uchun davogarlar turnirining ilk partiyasida bir xil hisob qayd etildi + FOTO
Erkaklar va ayollar o'rtasidagi ushbu musobaqada 8 nafardan shaxmat yulduzlari jahon toji uchun davogar nomini aniqlab berish uchun o'zaro dona surishyapti.
Erkaklar o'rtasidagi turnirda amerikaliklar Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, hind grossmeysterlari Santosh Gujrati, Gukesh Dommaradju, Rameshbabu Praggnanadha, ozarbayjonlik Nijat Abasov, franciyalik Alireza Firuzja hamda FIDE bayrog'i ostida qatnashayotgan Yan Nepomnyashiy bahslarga kirishishdi.
Etiborlisi, 1-turning barcha to'rt partiyasida tomonlar murosaga kelishdi. 22 aprelga qadar davom etadigan ushbu turnir g'olibi amaldagi jahon chempioni, xitoylik grossmeyster Din Lijenga qarshi jahon toji uchun dona surish huquqini qo'lga kiritadi. Lijen Yan Nepomnyashiyni mag'lubiyatga uchratib, jahon chempioniga aylangan edi.
Candidates Tournament 2024. 1-tur natijalari (Erkaklar)
Fabiano Karuana (AQSH, 2803) - Hikaru Nakamura (AQSH, 2789) - 1/2:1/2
Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2632) - Yan Nepomnyashiy (FIDE, 2758) - 1/2:1/2
Alireza Firuzja (Franciya, 2760) - Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston, 2747) - 1/2:1/2
Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743) - Vidit Gudjrati (Hindiston, 2727) - 1/2:1/2
Candidates Tournament 2024. 2-tur juftliklari
Hikaru Nakamura (AQSH, 2789) - Vidit Gudjrati (Hindiston, 2727)
Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston, 2747) - Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743)
Yan Nepomnyashiy (FIDE, 2758) - Alireza Firuzja (Franciya, 2760)
Fabiano Karuana (AQSH, 2803) - Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2632)
Malumot uchun, ushbu davogarlar turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ishtirok etmayapti. Boisi, musobaqaning barcha sakkiz ishtirokchisi turli saralash turnirlari orqali yo'llanmani qo'lga kiritgan.
Fikrlar