So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

22 may 18:18
Yangiliklar

Tennis

Jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovich 32 yoshda!

Teglar :  JokovichTennis
Bugun sayyoramizning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich 32 yoshni qarshi oldi.

SHu boisdan tennis yulduzini faoliyatiga nazar solib o'tamiz.

Novak Jokovich 1987 yil 22 mayda Serbiyaning Belgrad shahrida tug'ilgan. Bo'lajak chempion tennis bilan to'rt yoshidan boshlab shug'ullanishni boshlagan. Novak professional faoliyatini 2003 yildan boshlagan. Umumiy hisobda 74 ta ATP turnirida zafar quchgan. Faoliyati davomida musobaqadagi ishtirokidan jami 131,040,932 AQSH dollardan ortiq mablag' ishlab topgan. SHuningdek, Jokovichda «Katta dubulg'a» turnirlarida yutilgan o'n beshta sovrin: Australian Open (2008, 2011-2013, 2015, 2016 va 2019), Uimbldon (2011, 2014, 2015 va 2018), US Open  (2011, 2015 va 2018) va «Rolan Garros»-2016 g'olibligi bor. Novak barcha «Katta dubulg'a» turnirlarida yutgan tennischilardan biri sifatida tarixga kirgan. 

Jokovich 2011 yilning iyul oyida birinchi marta ATP reytingining karvonboshisiga aylangan. Novak Serbiya libosida ham bir qator natijalarga erishgan. Misol uchun, Jokovich terma jamoasi bilan 2010 yilda «Devis kubogi»da zafar quchgan. 2008 yilda esa Pekin olimpiadasida bronza medalni qo'lga kiritgan. 2014 yilning 11 iyulida Novak sevgilisi Elena Ristichga uylanadi. Yosh oila shu yilning oktyabr oyida farzandlik bo'lishadi va chaqaloqqa Stefan deb ism qo'yishadi. 2017 yilning sentyabr oyida Jokovichlar oilasi yana bir kishiga ko'payishadi. Serbiyalik tennischi bo'sh vaqtlarida kitob o'qishni va gitara chalishni yoqtiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing