17 sen 11:12
Yangiliklar

Jamshidning murabbiyi: “Bizga nohaqlik qilishdi”
Faoliyati davomida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Jamshid Najmiddinov sobiq jahon chempioni, ukrainalik tajribali bokschi Viktor Postolga qarshi ringga ko'tarilgan edi.
Afsuski, hakamlar 10 raundlik jang yakunida g'alabani mezbon bokschiga taqdim etishdi. Hakamlar Jamshidning beshinchi raundda Postolni chuqur nokdaun holatiga tushirib qo'ygani va ustunlikka ega bo'lganiga etibor ham qaratishmadi.
“Biz jang natijasi elon qilinganidan so'ng shokka tushib qoldik. Boisi, bu jang Jamshidning g'alabasi bilan yakunlangan edi. Nokdaundan tashqari yana ikkita vaziyatda referi jangni to'xtatib, hisobni ochishi mumkin edi. Ming afsuski, hakamlar mezbon bokschi foydasiga qaror chiqarishdi”, - deydi Najmiddinovning murabbiyi Nabijon Ismanov.
Eslatib o'tamiz, faoliyati davomida 30ta jang o'tkazib, shularning 29tasida g'alaba qozongan Viktor Postol o'tgan yili amerikalik Terens Kroufordga qarshi kechgan jangda chempionlik kamarini boy berib qo'ygandi. Krouford esa ayni paytda mutloq jahon chempioni hisoblanadi.
Fikrlar