08 dek 13:02
Yangiliklar
Futbol
Jarohat olgan Suares yig'lab yubordi + FOTO
"Atletiko" forvardi Luis Suares "Portu"ga qarshi CHempionlar Ligasi doirasidagi o'yinda jarohatlandi.
34 yoshli urugvaylik o'yinni davom ettira olmadi va 13-daqiqadayoq almashtirildi. Uning o'rniga Mateus Kunya tushirildi. Suares maydonni tark etdi va zaxira o'rindig'ida yig'lab yubordi.
Jarohat tafsilotlari va Luisning tiklanish muddati batafsil ko'rikdan so'ng malum bo'ladi. U joriy mavsum "Atletiko" libosida barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.
"Atletiko" esa "Portu" (3:1)ga qarshi o'yinni g'alaba bilan yakunladi va keyingi bosqichga chiqdi.
Havola :
Fikrlar