So’nggi yangiliklar

10:41Даниэль Кормье Ислам Махачев учун энг қийин жангни айтди 0 10:209 нафар боксчимиз Жаҳон кубоги финалига йўл олди 0 09:59Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда 0 09:38Сузувчиларимиз Беларусдаги халқаро турнирда қатнашади 0 09:17Дэн Хукер: "UFC’ни Царукяндан халос қиламан" 0 08:56Кай Кара-Франс вазндоши Темиров сингари UFC рейтингидан чиқарилди 0 08:35Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди 0 08:14Misfits Boxing Тони Фергюсоннинг жангини тасдиқлади + ПОСТЕР 0 07:53VI Ислом бирдамлиги ўйинлари. Эрон Ўзбекистон билан ўртадаги "тилла" фарқини қисқартирди (Тўлиқ жадвал) 0 07:32Роксана Худоёрова ва Шарифа Давронованинг чиқишидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 07:11Туркия қурилиш компаниялари Янги Тошкент Марказий футбол стадионини қурмоқчи 0 01:00Ислом бирдамлиги ўйинлари. Бизда навбатдаги 4 та медаль! 0 20:29Бугунги кун ҳисобида илк медалимиз ОЛТИН бўлди. Умумий медалларимиз 80 тага етди 0 19:29Мария Тимофеева Люксембург турниридаги юришини бошлади 0 19:08Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди 0

26 may 10:22
Yangiliklar

Futbol

Jasur Jaloliddinov: "Italiyaga ketish imkoniyatlarim ancha pasayib ketdi, sababi..."

Teglar :  Jasur Jaloliddinov
Kecha bo'lib o'tgan “Tezkor Studiya” loyihasining navbatdagi sonida “Bunyodkor” futbolchilari mehmon bo'lishdi.

Muloqot davomida Jasur Jaloliddinov Italiyaning “Benevento” jamoasiga o'tishi haqidagi savolga atroflicha javob berdi.

“Ochig'ini aytadigan bo'lsam Italiyaga ketishimni imkoniyatlari ancha pasayib ketdi. Odldin 50/50 bo'lib turgandi. Hozirda Italiya A seriyasi tugul, B seriyasini ham qachon boshlanishi aniq emas. “Benvento”ni A seriyaga chiqishi nomalum. Hali mamlakat futboli rahbarlari bir qarorga kelgani yo'q. SHuning uchun u erga borishimni foizda aytadigan bo'lsam deyarli kam.

To'g'risini aytsam hamma gap “Bunyodkor” rahbariyatida. Agar karantin, koronavirus bo'lmaganida tug'ilgan kunimni ertasi kuni qaysidir jamoaga o'tib ketishim ham mumkin edi. Moldova, Serbiya chempionatlariga bormayman. Imkoniyat kelib turganda iloji boricha kuchliroq chempionatga borishga harakat qilaman.

Qaysidir jamoa bilan rasman kelishmasimdan oldin ommaga tarqalib ketishini xohlamayman. Masalan, “Benevento”ga o'xshab hal bo'lmay qolsa odamlar noto'g'ri o'ylashi mumkin. Biron bir jamoaga o'tmasimdan oldin xabarlar tarqalishini noto'g'ri deb hisoblayman",- deydi iqtidorli yosh futbolchi.

Jasur Jaloliddinov o'tgan mavsumda 20dan ortiq uchrashuvda 3ta gol urdi va jamoadoshlarining ko'plab gollariga assistentlik qildi. Joriy mavsumda esa Superligada 3ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urdi aniqrog'i ikkinchi turda "Mashal" darvozasiga kiritgan to'pi "Bunyodkor"ga uch ochko olib keldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing