11 dek 15:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Jasurbek Yo'ldoshev Osiyo chempionatining kumush medal sohibiga aylandi
Tailandda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuni sari yaqinlashib bormoqda.
Musobaqada -86 kg vazn toifasida O'zbekiston sharafini himoya qilgan Jasurbek Yo'ldoshev final jangida qozog'istonlik Bekzad Nurdauletovga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda Jasurbek 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib, Osiyo chempionatining kumush medalini qo'lga kiritdi.
SHu tariqa, O'zbekiston erkaklar terma jamoasi finallarda 8 ta oltin va 2 ta kumush medalga ega chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar