10 dek 20:03
Yangiliklar
Xokkey
Javohir Sindarov Magnus Karlsenni mag'lub etdi, g'olib tay-breykda aniqlanadi
Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida jahon shaxmat yulduzlari ishtirokida Freestyle Chess Grand Slam Finals turniri bo'lib o'tmoqda.
Umumiy mukofot jamg'armasi 750 000 dollarni tashkil etuvchi yakuniy Freestyle Chess Champion 2025 turnirida hamyurtimiz Javohir Sindarov yarim finalga qadar etib kelgani haqida xabar bergandik.
Bugun grossmeysterimiz yarim finalda norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surmoqda.
Ilk partiyada Magnus Karlsenning qo'li baland kelgan bo'lsa, ikkinchi partiyada Javohir Sindarov muvaffaqiyatga erishib, muvozanatni tikladi - 1:1.
Endi g'olib nomi tay-breyklarda aniqlanadi. Hal qiluvchi bahslar birozdan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar