07 fev 22:20
Yangiliklar
![](/upload/storage/322064_220.jpg)
Javohir Sindarov Magnus Karlsenni yutdi. Hamyurtimiz kun yakuniga ko'ra Germaniyadagi turnir peshqadami bo'lib turibdi. Abdusattorovning natijasi qanday?
Musobaqada ikki shaxmatchimiz — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham ishtirok etmoqda.
Ahamiyatlisi, bugun o'tkazilgan beshta raund yakuniga ko'ra, Javohir Sindarov 4,5 ochko jamg'arib, musobaqa jadvalida amerikalik Fabiano Karuana bilan karvonboshilik qilmoqda. Nodirbek Abdusattorov hisobida esa 2,5 ochko mavjud.
Sindarov kun davomida germaniyalik Vinsent Keymer, amerikalik Levon Aronyan, sloveniyalik Vladimir Fedoseev hamda shaxmat afsonasi, Norvegiya vakili Magnus Karlsen ustidan g'alaba qozondi. Hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan bahsda esa Javohir durangga rozi bo'ldi.
Nodirbek Abdusattorov esa Gukesh, amerikaliklar — Xikaru Nakamura va Fabiano Karuana bilan durang qayd etdi. To'rtinchi raundda Vinsent Keymerga imkoniyatni boy bergan Nodirbek beshinchi bahsda Vladimir Fedoseevdan ustun keldi.
Fikrlar