07 may 10:34
Yangiliklar

Javohir Sindarov Titled Tuesday g'olibi!
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik shaxmatchilar ham muntazam ishtirok etib, ijobiy natijalarga erishib kelishyapti. Jumladan, kechagi turnirda Javohir Sindarov chempion bo'ldi. Yosh grossmeysterimiz 11 imkoniyatdan 9,5 ochko to'plab, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra birinchi o'rinni egalladi.
Sindarov singari 9,5 ochko jamg'argan amerikalik Xans Niemann ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka meksikalik Xose Martines 9 ochko bilan yakun yasadi. O'zaro uchrashuvda Javohir Xansni mag'lub etgani etiborga molik holat. To'qqiz ochkoga ega eronlik Parham Maqsudlu va amerikalik Hikaru Nakamura keyingi pog'onalardan joy olishdi.
Javohir Sindarov Sem SHankland, Xans Niemann, Parham Maqsudlu, Oleksandr Bortnik kabi kuchli shaxmatchilar ustidan g'alaba qozondi. Ushbu chempionlik unga 1000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini keltirdi. Magnus Karlsen kechagi turnirda 8,5 ochko bilan 7-o'rin bilan cheklandi. Hindistonlik Arjun Ergaisi 8 ochko jamg'argan holda 12-pog'onani egalladi.
Fikrlar