14 jan 10:49
Yangiliklar
Javohir Sindarov - Titled Tuesday g'olibi!
Haftaning har seshanba kunlari ananaviy Titled Tuesday turniri o'tkaziladi. Mukofot jamg'armasi katta bo'lmasa-da, bu bir necha soatlik musobaqada dunyoning eng kuchli shaxmatchilari bosh sovrin uchun bahs olib boradi. Ular orasida Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Arjun Ergaisi, Yan Nepomnyashiy, Vinsent Keymer va albatta Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov singari shaxmat yulduzlarini ko'rish mumkin.
Quvonarlisi, kechagi turnirda hamyurtimiz amaldagi Jahon Kubogi sohibi Javohir Sindarov 9,5 ochko jamg'arib, Titled Tuesday chempioniga aylandi. U hal qiluvchi so'nggi turda Nodirbek Abdusattorov bilan durang qayd etdi. Bir yo'la besh ishtirokchi 9 tadan ochko to'plab, keyingi o'rinlarni band etishdi. Ular orasida Nodirbek Abdusattorov ham bor. U qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ragina 5-o'rinni egalladi. Nodirbek turnir davomida qora donalarda o'ynaganiga qaramay, Magnus Karlsenni mag'lub etishni uddaladi.

Fikrlar