26 mar 11:45
Yangiliklar
SHaxmat

Javohir Sindarov Titled Tuesday turniri g'olibi
O'zbekistonlik shaxmatchilar haftaning seshanba kunlari o'tkazib kelinadigan Titled Tuesday onlayn turnirida muntazam ravishda ishtirok etishadi.
Quvonarlisi, kecha o'tgan navbatdagi musobaqa Javohir Sindarovning g'alabasi bilan yakuniga etdi. Yosh grossmeysterimiz dunyo shaxmat yulduzlari qatnashgan turnirda 11 imkoniyatdan 9,5 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 1-o'rinni egalladi.
Hindistonlik taniqli grossmeyster, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju ikkinchi, amerikalik Hikaru Nakamura uchinchi o'rinni band etdi. Javohir Sindarov turnir davomida Magnus Karlsenni yana bir bor mag'lub etishni uddaladi. Titled Tuesday turniridagi muvaffaqiyat hamyurtimizga 1000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini keltirdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar