10 dek 21:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Javohir Sindarovning Magnus Karlsenga qarshi yarim final uchrashuvi yakunlandi
Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Freestyle Chess Grand Slam Finals turniri o'tkazilmoqda.
Musobaqada hamyurtimiz Javohir Sindarov yarim finalga qadar muvaffaqiyatli etib keldi. U yarim finalda dunyo reytingi etakchisi Magnus Karlsenga qarshi bahs olib bordi.
Asosiy partiyalarda tomonlar 1 martadan g'alaba qozonishdi. Tay-breykda esa afsuski Javohir imkoniyatni boy berdi.
Endi grossmeysterimiz 3-o'rin uchun germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi dona suradi. Keymer ikkinchi yarim finalda Levon Aronyanga imkoniyatni boy berdi.
3-o'rin uchun bahs ertaga o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar