17 iyu 08:41
Yangiliklar
Jek Dreyper faoliyatidagi ilk sovrinni SHtutgartda qo'lga kiritdi
Musobaqa bosh sovrini dunyoning 40-raketkasi bo'lib kelgan Jek Dreyperga nasib etdi. Britaniyalik tennischi hal qiluvchi final bahsida ATP reytingida 95-pog'onadan joy olgan italiyalik Matteo Berrettinini uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 3/6, 7/6(5), 6/4.
Tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi dramatik ko'rinish olib, 2 soatu 7 daqiqa davom etdi. Dreyper 14, Berrettini 12 ta eys zarbasini amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Ikkala tennischi ham bittadan breykka ega bo'ldi. Qo'shxatolar Jekda ko'proq bo'ldi - 3 ga 2!
Dreyper faoliyatidagi ilk sovrinni aynan SHtutgartda qo'lga kiritdi. U bir haftalik mehnatidan 250 reyting ochkosi hamda 111,785 evro mukofot puli ishlab oldi. Britaniyalik 22 yoshli tennischi faoliyatida ilk bor dunyo reytingida 31-o'ringa ko'tarildi.
Fikrlar