28 may 16:45
Yangiliklar
Tennis
Jeneva (ATP): Vavrinka chempionlik titulini himoya qildi
SHveycariyalik tennis yulduzi Sten Vavrinka o'z mamlakatida o'tkazilgan turnir g'olibiga aylandi.
Vavrinka Jeneva shahrida yakunlangan ATP 250 toifasidagi turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritish barobarida chempionlik unvonini himoya qildi. Sten final bahsida germaniyalik Misha Zverevni mag'lub etdi.
Vavrinka 2 soatu 2 daqiqa davom etgan uchrashuvda 4:6, 6:3, 6:3 hisobida zafar quchdi. Bu shveycariyalik tennischining faoliyatidagi 16-sovrini bo'ldi. Bu galgi muvaffaqiyat Vavrinkaga 85,945 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar