So’nggi yangiliklar

15:18WBA рейтинги янгиланди: Ҳасанбой Дўсматов қани? 0 14:47Жезуш Роналдунинг баёноти ҳақида: "Ҳозир уни ўқиб чиқмоқчиман, айтадиган гапим йўқ" 0 14:19Mағлубиятсиз UFC жангчиси Доғистонга бориб шуғулланиш нияти жиддий эканини айтди 0 13:53Ариэль Хельвани: "Шевченконинг UFC унвонидан воз кечиши ихтиёрий бўлмаган" 0 13:22Пётр Ян Двалишвили билан жангига 18 кун қолганида ажойиб жисмоний ҳолатини намойиш этди + ФОТО 0 12:46Ўзбекистон 270 дақиқадан буён Кореяга гол ура олмаяпти 0 12:1211 боксчимиз жой олган WBC рейтинги янгиланди. Бир вазнда 3 чарм қўлқоп устамиз! 0 11:49Муроджон Йўлдошев Жаҳон чемпионатидаги юришини бошлашга шай! 0 11:13Мелиқўзиев WBА чемпионлик камари жанги учун ўз гонораридан ҳам воз кечмоқчи 0 10:45Криштиану Роналду ўзи билан боғлиқ шов-шувли вазият бўйича барчасини айтиб берди 0 10:19UFC Fight Night 290 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 09:47Забит RAF лигаси билан шартнома имзолади. Илк рақиб, сана ва манзил маълум + ПОСТЕР 0 09:14Ўзбекистон крикет федерациясида янги тайинлов 0 08:38Мессининг хайрлашув ўйинида Аргентина йирик ҳисобда ғалаба қозонди + ВИДЕО 0 08:06Рамазон Темировнинг вазн рейтингида бир нечта ўзгариш бўлди 0

07 okt 14:47
Yangiliklar

Futbol

Jezush Ronalduning bayonoti haqida: "Hozir uni o'qib chiqmoqchiman, aytadigan gapim yo'q"

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning bayonoti borasida berilgan savolga javob qaytardi.

Eslatib o'tamiz, 41 yoshli futbolchi 27 sentyabr kuni bo'lib o'tgan Millatlar ligasining Norvegiyaga qarshi o'yinida Jezush uni maydonga tushirmaslikka qaror qilganidan so'ng milliy jamoa qarorgohini tark etgan edi.

Ronaldu ushbu vaziyatni shunday tushuntirdi: "Jezush mendan Norvegiyaga qarshi o'yinda 30 daqiqa o'ynashimni so'radi — men o'sha kuni maydonga tushmayman deb o'ylagandim, lekin rozi bo'ldim. Men chigal yozdi mashg'ulotlarini bajardim, ammo meni maydonga tushirishmadi. Murabbiy vadasini buzdi".

Hujumchi, shuningdek, Norvegiyaga qarshi o'yindan so'ng Jezush bilan keyingi bahs oldidan chiqish qilish rejasini kelishib olganini, ammo murabbiy "ikkinchi marta vadasini buzganini" aytdi. Jorje aytishi kerak bo'lgan tezislardan biri shunday edi: "Pele va Maradona darajasidagi futbolchini chigal yozdi mashg'ulotlariga yuborib, maydonga tushirmay xatoga yo'l qo'ydim".

Seshanba kuni Jezush Leyriyada bo'lib, Portugaliya U21 yoshlar terma jamoasining CHexiyaga qarshi o'yinini (2:0) kuzatdi.

Murabbiy hali sardorning bayonoti bilan tanishib chiqishga imkoni bo'lmaganini, ammo uning elon qilinganidan xabardor ekanini tan oldi, deb yozmoqda A Bola.

— Men Leyriyada edim, [yoshlar] terma jamoasi o'yinini ko'rayotgandim. Hozir bayonotni o'qib chiqmoqchiman, aytadigan gapim yo'q, — dedi Jezush.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing