So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

30 noy 13:44
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy tarbiya va sport sohasida izlanish olib borgan olim Bexzod Ibragimov eng yaxshilar qatorida etirof etildi

Bir necha kun oldin Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O'zbekistonning eng yaxshi olimlarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Yurtimizning eng yaxshi olimlari qatorida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini taminlash, keng aholi qatlami orasida sog'lom turmush tarzi asoslarini singdirish, zamonaviy axborot tizimlaridan samarali foydalanib, sportchi yoshlarning ko'nikma va malakasini oshirish, jismoniy tayyorgarlik jarayonida ularning ruhiy-fiziologik, texnik-taktik qobiliyatini yanada mustahkamlash, sportga ixtisoslashgan maktab-internatlardagi murabbiylarning kasbiy ko'nikmalarini bosqichma-bosqich oshirishni ilmiy faoliyatining asosiy masalalari etib tanlagan mustaqil izlanuvchi Ibragimov Bexzod Baxtiyorovich ham taqdirlandi.

Bexzod Ibragimov Buxoro davlat universitetini 2004-2008 yillar bakalavr, 2008-2010 yillar magistratura bosqichini tugatgach, sohaga daxldor bo'lgan tashkilotlarda samarali mehnat qildi. Eng muhimi bolalar-o'smirlar sport maktabidan to oliy talim tizimigacha bo'lgan bosqichda jismoniy tarbiya va sportning o'qitilishi, talim sifatini oshirishdagi muhim masalalar, yo'riqchi va murabbiylarning malaka hamda ko'nikmasini oshirish muammolarini izchillik bilan tahlil qilib bordi. O'z qiziqish va ilmiy tahlillarini tartib berib, 2017 yil O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining 13.00.04. - “Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilindi. Hozirgi kundaO'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2-bosqich mustaqil izlanuvchisi(PhD)sifatida “Malaka oshirish tizimida yakkakurash sport turlari bo'yicha murabbiylarni kasbiy qobiliyatini shakllantirish jarayonining samaradorligini oshirish usullari” mavzusida pedagogika fanlari doktori, professor R.D.Xalmuxamedov rahbarligida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Bexzod Ibragimov bugungi kunda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida Bosh mutaxassis sifatida faoliyat olib bormoqda. 

Ilmiy izlanishlar natijasida 45 ga yaqin tezis va ilmiy maqolalarini chop etgan Bexzod Ibragimov hozirda shiddat bilan tadqiqotini davom ettirmoqda. Bexzod Ibragimov O'zbekistonning eng yaxshi olimlari qatorida etirof etilishi yosh olimga o'z izlanishlarini yanada boyitishga imkon beradi.

Olamsport.com sayti olimni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etadi va kelgusi faoliyatida omad tilaydi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing