So’nggi yangiliklar

22:26Холмурод Нурматов иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 20:05Анвар Абдуллаев фаолиятидаги илк мағлубиятини ACA Лигасида қабул қилиб олди 0 19:37Дэвид Бенавидес Бивол билан жанг бўйича музокаралар бошланганини айтди 0 19:15ACA 203. Шариф Кушаев иорданиялик рақиб билан жанг қилди 0 19:01Исо Масиҳга ўхшатилган ва маданий ҳаёт туфайли "Манчестер Сити"дан кетган. Ўзбекистоннинг янги мураббийи ҳақида нималар биламиз? 0 18:39Хамзат Чимаев RAF турнирида Кайл Снайдерга қарши кураш эҳтимолини баҳолади 0 18:18Риёд-2026 Жанг санъати ва ёпиқ иншоотлардаги Осиё ўйинлари дастурига кирган спорт турлари маълум бўлди 0 17:52Хотамбек Бойназаров UFC'да Хоакин Бакли билан жанг қилиш ҳақида гапирди 0 17:25Палмер "Манчестер Юнайтед"га ўтишга рози?! 0 17:02Фурқатбек Ёқубов — ўзбекистонлик ММА жангчиларига: "Рақиб танлашда озгина уялинглар!" 0 16:39Қозоғистон жаҳон хоккейи элитасига қайтди! 0 16:16Дана Уайт Конор Макгрегорнинг қайтаётганини тасдиқлади 0 15:40ЖЧ-2026 финали чипталари 33 000 долларгача ошди 0 15:14Расман: Арман Царукян Топурия - Гэтжи жанги учун захира варианти бўлади 0 14:39Абдусатторов, Синдаров ва бошқалар. Самарқандда ўтказиладиган Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркибларимиз эълон қилинди 0

30 may 16:39
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy tarbiya va sport universitetining 65 yilligiga bag'ishlangan katta tanlov boshlanmoqda

Teglar :  UniversitetTanlov
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etilganligining 65 yilligi munosabati bilan “O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 65 yoshda” nomli megatanlov elon qiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tarixi, jismoniy tarbiya va sport, ilmu marifat hamda talim-tarbiya sohasidagi yutuqlarni keng yoritish,  universitetda ko'p yillar faoliyat ko'rsatgan, ibratli hayot yo'lini bosib o'tgan fidoiy ustozlar, sportchilar, sportchi-talabalar to'g'risida jamoatchilikni keng tanishtirishdan iborat. 


TANLOV NOMINACIYALARI

· Eng yaxshi jurnalistik material;

· Eng yaxshi maqola.


ISHTIROK ETISH SHARTI

· Tanlov ishtirokchilari milliy va hududiy bosma ommaviy axborot vositalari, internet ommaviy axborot vositalari, axborot agentliklari, radio va telekompaniyalar jurnalistlari, oliy talim muassasalari professor-o'qituvchilari va talabalari bo'lishi mumkin.

· Tanlov uchun taqdim etilgan materiallar 2020 yilning 1 iyunidan
 31 avgusti oralig'ida bosma ommaviy axborot vositalarida, axborot agentliklarining malumotlar tasmasida, OAVlari, vazirliklar, oliy talim muassasalarining internet saytlarida tele- yoki radio eshittirishlarda joylashtirilgan bo'lishi lozim.

· Tanlovga faqat mualliflarning original nashrlari, tele va radio materiallari taqdim etilishi mumkin.

· O'zbek, rus, ingliz tillaridagi materiallar qabul qilinadi. 

· Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari tomonidan o'tkazilgan voqea va tadbirlar to'g'risidagi reportajlar yoki axborot materiallari qabul qilinmaydi.

Tanlov materiallarida #O`zDJTSU2020 va #O`zDJTSU_65_YOSHDA xeshteglarini ko'rsatish lozim.

SOVG'ALAR:

3-o'rin g'olibiga ‒ planshet;

2-o'rin g'olibiga ‒ noutbuk;

1-o'rin g'olibiga ‒ sport trenajori.


Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2020 yil 15 sentyabrgacha quyidagi e-mail manzili orqali qabul  qilinadi: uzdjtsu65yoshda@uzdjtsu.uz (xat mavzusida “O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti    65 yoshda” nomli megatanlovga deb ko'rsatilishi lozim).

Tanlov natijalarini elon qilish hamda g'oliblarni taqdirlash joriy yil yakunida tanlov hayati azolari, ishtirokchilar, ijodiy jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif qilingan holda amalga oshiriladi. 

Batafsil: http://www.uzdjtsu.uz/https://t.me/uzdjtsu_official 

Qo'shimcha savollar yuzasidan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: +998 99 804-94-47, +998 90 903-72-04 


O'zDJTSU matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing