So’nggi yangiliklar

19:19IBA ЖЧ-2027 учун мукофот жамғармаси эълон қилди 0 18:48Сибирцев Остонада ўтаётган Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 18:17Исроил Мадримовнинг вазнида WBC рейтинги янгиланди 0 17:46Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади 0 17:15Мағлубиятсиз Фарид Башарат UFC ростеридан чиқарилди 0 16:44UFC президенти Раҳмонов ва мағлубият нималигини билмай келаётган нокаутчи ўртасидаги жанг ҳақида баёнот берди 0 16:13Дэвид Бенавидес Биволни танқид қилди 0 15:42Мбаппе Лео Мессидан ўтиб кетди 0 15:11Жан Сильва: "Пратес билади, агар Махачевга зарба берса, жанг якунланади" 0 14:40Кормье Перейранинг даъволарига жавоб қайтарди: "Дўст деб ўйлагандим" 0 14:09Алекс Перейра Павлович билан жангни эмас, чемпионлик камари учун курашишни кутганини айтди 0 13:38Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари кечаги баҳсдаги ҳаракатларига неча баҳо олишди? 0 13:07Пэдди Пимблетт октагонга қайтиш муддатини маълум қилди 0 12:36Тошкентда кикбоксинг бўйича Жаҳон кубоги ўтказилмоқда (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 12:05Чимаев, Царукян, Нурмагомедов жанг қиладиган RAF турнирининг тўлиқ таркиби тасдиқланди 0

05 dek 15:27
Yangiliklar

Boks/MMA

Jo Rogan UFC og'ir divizionining qutqaruvchisini aytdi

Ko'plab muxlislar, ekspertlar va tahlilchilarning fikriga ko'ra, hozirda UFC og'ir vazn toifasi tarkibi bo'yicha jahonning eng kuchli Ligasi tarixidagi eng zaif divizion hisoblanadi.

Ammo Jo Rogan tashkilot kurash bo'yicha Olimpiya chempioni, joriy yilda yakkakurashlar olamida o'zini yorqin namoyon etgan Geybl Stivson bilan shartnoma imzolaganida barchasi o'zgarishiga ishonadi.

"Geybl Stivson o'sha yigit. Divizionni qutqarishi mumkin bo'lgan haloskor. U hali UFC’da ham emas. Olimpiya chempioni, aql bovar qilmaydigan atlet, 250 funt (113 kg), mushuk kabi harakat qiladi. U - o'sha. Geyblning so'nggi jangi videosini Dan Uaytga yubordim. Unga "bu yigit kelganida hammasi tugaydi", deb yozdim.

U raqibini chap xuk zarbasi bilan nokautga uchratdi, keyin esa allaqachon o'chirilgan odamni teykdaun qildi. Bu shunchaki aqldan ozish. Bu yigitning tezligi aql bovar qilmas darajada. Birinchidan, u allaqachon yaxshi boksga ega, garchi u zarba berishni atigi bir yil mashq qilgan bo'lsa-da. Bunday tezlik og'ir vaznlilar uchun aqlsizlikdir", - dedi UFC sharhlovchisi.

Malumot uchun, Tokio-2020 Olimpiadasining erkin kurash bo'yicha chempioni, 25 yoshli Geybl Stivson shu yilning sentyabr oyida aralash yakkakurashlarda debyutini muvaffaqiyatli o'tkazgandi. U LFA 217 turnirida Breden Petersonni bir yarim daqiqada nokautga uchratgandi. Ikki hafta oldin esa APFC ligasida Kevin Xeynni mag'lub etish uchun 24 soniya vaqt sarfladi.

Oktyabr oyida Jon Jonsning shogirdi bo'lgan amerikalik og'ir vaznli Stivson Dirty Boxing ligasi turnirida Billi Svonsonni 15 soniyada nokautga uchratib, gibrid qoidalar bo'yicha janglarda muvaffaqiyatli debyut qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing