05 sen 17:40
Yangiliklar
Tennis

Jokovich AQSH Ochiq chempionatining chorak finaliga chiqdi
Sayyoramizning birinchi raketkasi Novak Jokovich Nyu-York shahrida davom etayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Serbiyalik tennischi nimchorak final uchrashuvida dunyo reytingida 84-o'rinni egallab turgan britaniyalik Kayl Edmundga qarshi kortga chiqdi. Ikki daqiqasi kam 2 soat davom etgan bahsda Novak raqibini 6:2, 6:1 hisobida mag'lub etdi.
Endi Jokovich yarim final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvda franciyalik Jo-Vilfred Tsongaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar