06 noy 12:04
Yangiliklar
Tennis
Jokovich beshinchi marotaba mavsumni birinchi raketka sifatida yakunlaydi
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich yana ATP reytingida peshqadamga aylandi.
U o'z faoliyatida beshinchi marotaba mavsumni birinchi raketka sifatida yakunlaydigan bo'ldi. Bunga ispaniyalik tennischi Rafael Nadal halal berishi mumkin edi. Ammo, u Yakuniy turnirda ishtirok etmaydigan bo'ldi va bu borada Jokovichga raqobat ko'rsatadigan tennischi yo'q.
Mavsumni eng ko'p peshqadam sifatida yakunlash bo'yicha rekord Pit Samprasga tegishli. U olti marotaba yilni eng kuchli tennischi sifatida tugatgan. Konnors va Federerda ham ushbu ko'rsatkich Jokovich kabi beshtani tashkil qiladi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar