27 mar 16:16
Yangiliklar
Tennis
Jokovich: "Endi gruntda yaxshiroq o'ynashim kerak"
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Mayami turnirida uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men Indian-Uells va Mayamida birinchi marotaba mag'lub bo'layotganim yo'q. So'nggi yillar davomida bunday holat ko'p bo'ldi. Men ushbu musobaqalarga tayyorgarik jarayonini qayta ko'rib chiqishim lozim. Sahna ortida ko'plab voqeliklar bo'ldi. Menimcha, shu menga tasir ko'rsatdi. Sog'lig'imda ham muammolar bor edi. Hali formaga qaytib ulgurganim yo'q, ammo bu hayot, unda shunday vaziyatlar bo'lib turadi.
Endi grunt mavsum (tuproqli kortlardagi mavsum) boshlanadi. Men endi ushbu musobaqalarda nisbatan yaxshiroq o'ynashim kerak", - dedi Jokovich.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar