05 iyu 18:16
Yangiliklar
Tennis

Jokovich: "Federer ko'rgazmali o'yin haqida hazillashgandi"
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Rojer Federerning ko'rgazmali o'yin taklif qilgani haqidagi intervyusiga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
"Ikkalamizning ham o'yinimiz shu holatda yakunlangani g'alati bo'ldi. U kiyinish xonasida menga markaziy kortga chiqib, muxlislar uchun ko'rgazmali o'yin o'tkazib berishimizni aytib hazillashdi. Ammo, u erda o'yinlar bo'layotgandi", - deydi Jokovich.
Eslatib o'tamiz, kecha Federerning ham, Jokovichning ham raqiblari jarohat oldi va o'yinni oxirigacha etkaza olmagandi.
SHu sababli ham, shveycariyalik tennischi Rojer Federer Jokovichga ko'rgazmali o'yin taklifini bildirgandi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar