04 iyu 11:03
Yangiliklar
Tennis
Jokovich grunt kortlardagi 200-g'alabasiga erishdi
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi Novak Jokovich grunt, yani tuproqli kortlardagi o'zining 200-g'alabasini qo'lga kiritdi.
Serbiyalik raketkas ustasi Parij shahrida davom etayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirining to'rtinchi davrasida ispaniyalik Fernando Verdaskoni uch set natijasiga ko'ra mag'lub etdi.
Bu uning tuproq qoplamali kortladagi yubiley 200-g'alabasi edi. Jokovich "Rolan Garros" turnirining chorak finaliga 12-marotaba chiqdi. Bu esa zamonaviy tennis erasi uchun rekord natija hisoblanadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar