01 dek 10:21
Yangiliklar
Tennis

Jokovich ikki hafta avval faoliyatini tugatgan tennischini o'ziga murabbiy qilib oldi
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovich keng ommaga o'zining yangi murabbiyini tanishtirdi.
O'z vaqtida dunyoning sakkizinchi raketkasi darajasigacha ko'tarilgan va bundan ikki hafta avval professional tennischilik faoliyatini yakunlagan Radek SHtepanek Jokovich bilan hamkorlik qiladi.
CHexiyalik 39 yoshli SHtepanek serbiyalik tennischining ikkinchi murabbiyi bo'ladi. Bosh murabbiy vazifasini Andre Agassi bajaradi. Amerikalik tennis afsonasi bo'lgan Agassi Jokovich bilan shu yilning may oyidan beri ishlab kelyapti.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar