25 iyu 09:23
Yangiliklar
Tennis
Jokovich London turniri finalida CHilichga yutqazib qo'ydi
Joriy yil hisobidan ilk marotaba ATP turniri finaliga chiqqan Novak Jokovich Londonda yakuniga etgan musobaqa vice-chempioniga aylandi.
Serbiyalik tennis yulduzi hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning oltinchi raketkasi xorvatiyalik Marin CHilichga 7:5, 6:7(4), 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Final bahsi 3 daqiqasi kam 3 soat davom etdi.
Kechagi final 31 yoshli Jokovich uchun faoliyatidagi 99-final bo'ldi. Ushbu finallarning 68tasida u bosh mukofot sohibiga aylana olgan edi. CHilich Londondagi ishtiroki uchun 427 590 evro mukofot puli hamda 500 reyting ochkosiga ega bo'ldi.
Havola :
Fikrlar