22 iyu 12:51
Yangiliklar
Tennis
Jokovich Londondagi turnirda chorak finalga chiqdi
Serbiyalik tennis yulduzi Novak Jokovich Londonda davom etayotgan turnirning chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Musobaqaning asosiy to'riga imtiyozli yo'llanma (WC) asosida qo'yilgan Novak ikkinchi davra uchrashuvida turnirning ikkinchi raketkasi bolgariyalik Grigor Dimitrovga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 5 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 6:4, 6:1 hisobida zafar quchdi. Endi serb tennischisi yarim final chiptasi uchun franciyalik Adrian Mannarino bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
Havola :
Fikrlar