08 jan 12:49
Yangiliklar
Tennis

Jokovich Marreyning 28ta o'yindan iborat g'alabali seriyasiga chek qo'ydi
Xabar berganimizdek, kecha Qatar poytaxti Doha shahrida yakunlangan nufuzli turnirda dunyoning ikkinchi raketkasi Novak Jokovich bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi.
Serbiyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida sayyoramizning birinchi raqamli tennis yulduzi Endi Marreyni mag'lubiyatga uchratgandi. Bu bilan Novak britaniyalik tennischining 28ta o'yindan iborat g'alabali seriyasiga chek qo'ydi.
Malumot uchun, Endi Marrey so'nggi bor o'tgan yilning sentyabr oyida mag'lubiyatga uchragan edi. O'shanda shotlandiyalik Devis Kubogi doirasidagi uchrashuvda Xuan Martin Del Potroga imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Fikrlar