07 jan 07:12
Yangiliklar
Tennis
Jokovich masalasiga Serbiya prezidenti ham aralashdi
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich bilan bog'liq masalaga o'z munosabatini bildirdi.
"Bu erda hech qanday toza "o'yin" haqida gap ketmayapti. Vaziyat siyosiy tusga ega. Avstraliya bosh vaziri va uning atrofidagilar o'zlarini hammaga bir xil munosabatdagidek ko'rsatishga urinishmoqda. Jokovichni to'xtatib qolishning boshqa chorasini topa olishmadi. Faqat shu pastkashlik yo'li bilan yo'g'iga g'ov bo'lishdi", - deya Vuchichning so'zlarini keltirmoqda France 24.
Eslatib o'tamiz, Jokovich Melburn aeroportida vakcinaciya bilan bog'liq sababga ko'ra ushlab turilgan va Avstraliya hukumati tomonidan mamlakatga kiritilmagan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar