20 sen 09:12
Yangiliklar
Tennis
Jokovich oktyabr oyi o'rtalariga borib birinchi raketkaga aylanishi mumkin
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Pekin va SHanxaydagi musobaqalarda ishtirok etmaydigan bo'ldi.
SHu sababli 15 oktyabrga borib Rafa 1100 reyting ochkosini yo'qotadi va uning hisobida 7660 ochko qoladi. Novak Jokovichning hisobida esa ayni paytda 6445 ochko bor. Birinchi pog'onaga ko'tarilib olish uchun esa u 1215 ochko to'plashi lozim. Uni ustiga mavsum yakuniga qadar xech qanday ochkolar himoyasi yo'q.
Agar Novak SHanxaydagi "Masters"da g'alaba qozonsa, unga Pekin va Tokiodagi musobaqada finalgacha etib borish kifoya qiladi.
SHu tariqa, Jokovich 15 oktyabrgacha jahonning birinchi raketkasiga aylanishi mumkin.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar