03 may 09:23
Yangiliklar
Tennis
Jokovich: "So'nggi natijalar sabab o'z kuchimga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'ydim"
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich so'nggi omadsizliklardan so'ng o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotgani haqida gapirdi.
"Men doimo o'zimga ishonganman. Aynan shuning uchun bolaligimda orzularimga erishdim. Biroq, so'nggi paytda qayd etgan natijalarim sabab o'zimga bo'lgan ishonchni yo'qotdim. Ammo, yana ishonchni qaytarish yo'lida ish olib boryapman. Buning uchun bir necha o'yinda g'alaba qozonib, musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishim kerak. Ana shunda o'z joyimga qaytaman", - dedi Jokovich.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar