06 iyu 15:10
Yangiliklar
Tennis

Jokovich to'rtinchi urinishda “Rolan Garros”da g'olib chiqdi
Serbiyalik Novak Jokovich faoliyatida ilk bor “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirida zafar quchdi.
Sayyoramizning birinchi raketkasi hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi britaniyalik Endi Marreyni 3:6, 6:1, 6:2, 6:4 hisobida taslim etdi.
Bu bilan Novak ketma-ket “Katta Dubulg'a” turkumidagi 4ta turnirning barchasida bosh mukofotga ega chiqdi. Bunday natijaga so'nggi bor 1969 yili erishilgan edi. Jokovich “Katta Dubulg'a” turnirlaridagi o'zining 12-titulini qo'lga kiritdi.
FINAL
Novak Jokovich (Serbiya, 1) – Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 2) – 3:6, 6:1, 6:2, 6:4
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar