So’nggi yangiliklar

07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0

01 avg 14:58
Yangiliklar

Boks/MMA

Dana Uayt Serbiya Prezidentiga UFC chempionlik kamarini sovg'a qildi + FOTO

Teglar :  Dana UaytSerbiya
UFC (Ultimate Fighting Championship) prezidenti va rahbari Dana Uayt Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashdi.

Dana shuningdek, Serbiya sport vaziri Zoran Gayich, davlat investiciyalari vaziri Darko Glishich va Serbiya MMA federaciyasi prezidenti Luka Nikolich bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv Amerika promoushenining mamlakat tarixidagi ilk turniriga bag'ishlandi. Turnir, bugun Belgrad shahrida bo'lib o'tadi.

Uchrashuv davomida bo'lajak tadbirni tashkil etish va uning mamlakatda jang sanatini rivojlantirishdagi strategik ahamiyati muhokama qilindi. SHu bilan birga, mahalliy aholining qiziqishi juda yuqori ekanligi takidlandi.

Tadbirning rasmiy qismida sovg'alar almashinuvi ham bo'lib o'tdi. Prezident Vuchich Dana Uaytga Serbiya uch rangli bayrog'ini, UFC rahbari esa Serbiya Prezidentiga tashkilotning rasmiy chempionlik kamarini topshirdi.

"Prezident Vuchich ajoyib inson, UFC va Serbiya o'rtasidagi kelgusi hamkorlik uchun poydevor qo'yildi. Bu erdagi havaskorlar MMA darajasi shunchaki aql bovar qilmas darajada. Biz bu erga birinchi marta keldik, lekin oxirgisi emas. Biz qaytib kelamiz va buni juda tez orada amalga oshiramiz. Qaytishimiz uchun nima kerak? CHiptalar 15 daqiqada sotilib ketdi. Serbiya o'zi kerakli bo'lgan hamma narsani isbotladi. Hammasi joyida", — dedi Uayt matbuot anjumani chog'ida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing