12 iyu 13:44
Yangiliklar
Tennis
Jokovich "Uimbldon"da g'olib chiqishga umid qilmoqda
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich "Uimbldon" yarim finaliga chiqqanidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Uchinchi set o'rtalarigacha biz teng harakat qildik. Keyin esa men faolroq bo'ldim. O'yin yakunini juda yaxshi o'tkazdim. Menimcha, o'z saviyamga qaytyapman. Haqli ravishda g'alaba qozondim va yarim finalga yo'l oldim. Umid qilamanki, bosh sovrin uchun kurasha olaman", - dedi Jokovich.
Eslatib o'tamiz, u chorak finalda yaponiyalik Kei Nishikorini mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar