29 avg 13:03
Yangiliklar
Tennis
Jokovich "US Open-2019"dagi ikkinchi g'alabasiga erishdi
Jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovich AQSH Ochiq chempionatining ikkinchi davrasida argentinalik Xuan Ignasio Londeroga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 15 daqiqa davom etgan o'yinda Novak raqibini 6:4, 7:6, 6:1 hisoblarida mag'lub etdi va uchinchi bosqichga yo'l oldi.
Endi Jokovich navbatdagi o'yinini Layovich - Kudla o'yini g'olibiga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar