22 fev 13:40
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Antaliyadagi turnir juftligida kurashsiz 1/2 finalga chiqdi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazilayotgan “Fyuchers” turnirining juftliklar bahsida yarim finalga chiqdi.
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Terma jamoamiz azosi rossiyalik Kiril Dmitriev bilan juftlik hosil qilgan.
Ular ilk davrada braziliyalik Pedro Bernardi va gvatemalalik Kristofer Diaz-Figueroani 6:2, 6:3 hisobida taslim etishgandi.
Bugungi chorak finaldagi raqiblar - ukrainalik Filip Kekercheni va slovakiyalik Patrik Fabian esa kortga chiqishdan bosh tortishdi.
SHu bois, Jo'rabek va Kiril kurashsiz yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Ularning final ostonasidagi raqiblari ertaga aniqlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar