22 fev 07:55
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Antaliyadagi turnirda shveciyalik tennischini mag'lub etdi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazilayotgan “Fyuchers” turniridagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettiryapti.
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Terma jamoamiz azosi saralashda uchinchi raqam ostida tasniflangan bo'lib, u barcha uch uchrashuvda g'alabaga erishgandi.
Kecha Jo'rabek asosiy to'rning ilk davrasida shveciyalik Patrik Bridolfga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda hamyurtimiz skandinaviyalik raqibini 6:2, 6:3 hisobida mag'lub etdi. Uning ikkinchi bosqichdagi raqibi turkiyalik Sem Ilkel bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar