20 fev 08:55
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Antaliyadagi turniri saralashida ikkinchi g'alabasiga erishdi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazilayotgan “Fyuchers” turnirining saralash bahslarida muvaffaqiyatli odimlayapti.
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Terma jamoamiz azosi saralashda uchinchi raqam ostida tasniflangan. Kecha Jo'rabek ikkinchi davra uchrashuvida rossiyalik Ivan Kalininni 6:2, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Bugun hamyurtimiz asosiy to'rga yo'llanma taqdim etuvchi uchrashuvda kanadalik Pavel Kraynikka qarshi kortga chiqadi. Bu tennischi saralashda 16-raqam ostida harakat qilyapti.
Malumot uchun, Jo'rabek Karimov saralash bahslarining ilk davrasida shveycariyalik Steverin Steynerni 6:0, 6:0 hisobida taslim etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar